Tesla kompaniyasining avtonom boşqaruv tizimiga ega avtomobillari avtopilot yordamida 160 million kilometrni ortda qoldirgan. Kompaniyaning avtonom boşqaruv tizimlarini işlab çiqiş böyiça direktori Stirling Andreson San-Frantsiskoda bölib ötayotgan EmTech Digital anjumanida şunday ma'lumotlar bilan örtoqlaşgan, deb xabar qilmoqda The Verge.

Tesla boş menejyerining sözlariga köra, kompaniya elektromobillari bir kunda avtopilot bilan 4 mln kilometr yuradi. Şunday qilib, aytiş mumkinki, avtonom boşqaruv tizimiga ega 70 ming maşinaning har biri kuniga salkam 60 kilometrni haydovçi iştirokisiz bosib ötadi. 

Ammo Andresonning qayd etişiça, haydovçi avtopilotdan, kutilmagan holat vujudga kelganda boşqaruvni öz qöliga oliş imkoni bölganida foydalanişi lozim. 

Mazkur boşqaruv tizimlari, Teslalarda ötgan yilning oktabridan paydo böldi. Kompaniya avtopilotlari, maşinani bir yölakda saqlaş, harakatlaniş tezligini özgartiriş, haydovçi qayriliş signalini işga tuşirganda, mustaqil ravişda buyruqni amalga oşiriş hamda töxtaş joyini topib, joyni egallaş imkoniga ega. 

Tesla’ning yangi dasturiy ta'minoti çiqqaç, kompaniya rahbariyati yöldagi har qanday vaziyat uçun mas'uliyat baribir haydovçiga tuşişi haqida bayonot berdi.