Yaponiya boş vaziri Şindzo Abe Xonsyu orolidagi Mie prefekturasida joylaşgan Ise ibodatxonasiga kelgan G7 davlatlari rahbarlarini kutib oldi va sammit öz işini boşladi.
Yaponiya 2008 yildan buyon ilk marta "Katta yettilik" sammitiga mezbonlik qilmoqda. 2008 yilgi sammit Xokkaydo orolida ötkazilgandi. Bu yilgi sammit 26-27 may kunlari ötkaziladi.

Sammitga AQŞ, Kanada, Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya va Fransiya rahbarlari yetib kelişdi va Kaşikodjima orolçasidagi mehmonxonaga yöl olişdi.




Yopiq tarzda ötkaziladigan muzokaralarda sammit iştirokçilari terrorçilik va kiberjinoyatçilik, global iqtisodiyot masalalari, Xitoy ta'sir doirasining tobora ortib borayotgani, Ukraina, Yaqin Şarq atrofidagi voqealar, qoçqinlar muammosi, iqlim özgarişi hamda Şimoliy Koreya atrfidagi yadroviy masalalarni muhokama qilişlari kutilmoqda.

Sammit yakunlariga bağişlangan deklaratsiya 27 may kuni e'lon qilinadi.
Ma'lumotlarga köra, Obama taşrifi davomida Xirosima şahrini ziyorat qiladi. “Bu tarixiy voqea bölişi kutilmoqda. Obama — 1945 yildagi atom bombardimonidan söng Xirosimaga taşrif buyurgan birinçi Amerika prezidentiga aylanişi mumkin”, deb yozadi NHK naşri.
Bundan avvalroq Obama 200 mingga yaqin kişining yostiğini quritgan Xirosima va Nagasaki fojialari uçun keçirim söramaydigan bölgani haqida xabarlar berilgandi.
Ammo, şu bilan birga Yaponiya hukumati uçun atom bombasi qurboniga aylangan şaharlarning biriga Amerika prezidentining taşrif buyurişi katta voqelikligi ta'kidlanmoqda.







