Yaponiyada 26 may kuni "yubari" navidagi ikkita qovun tarixda misli körilmagan narx – 3 mln yyenga (27 ming dollardan köproqqa) sotildi. Qovun Xokkaydo orolining ma'muriy markazi – Sapporo şahri markaziy bozoridagi auksionda sotildi. Avvalgi rekord natija 2008 yilda örnatilgan va 2,8 mln yyenni (joriy kurs böyiça 22,7 ming dollar) taşkil qilgan.
Rekordçi qovunlarni Xonsyu orolidagi Amagasaki şahrida joylaşgan supermarket egasi sotib oldi. U qovunlar bilan avval öz dökoni peşoynasini bezamoqçi, söngra ularni internet-auksionda sotmoqçi.
Yaponiyada qimmatbaho navdagi meva va sabzavotlar savdolari tez-tez ötkazilib turiladi. Ötgan yili Miyadzaki prefekturasida yetiştirilgan ikki juft mango mevasi 2,5 ming dollarga sotilgandi. Bunday katta pullarni odatda öz dökonlarining salobatli ekanini reklama qiliş maqsadida bu mevalar bilan ularni bezovçi dökon egalari tölaydilar.
"Yubari" navidagi qovunlar dumaloq şaklga ega bölib, u nozik ta'm va öziga xos şirin hidga ega olovrang eti sababli qadrlanadi.
Qovunning vatani Xokkaydo orolidagi Yubari şahri bölib, u Yaponiyaning "qovunlar poytaxti" hisoblanadi. Vaholanki, bu yerda yarim asr avval faqatgina kömir konlari bölgan va mahalliy erkaklarning deyarli barçasi şu konlarda işlagan. Toğ-kon sanoati keyinroq daromadliligini yöqotib, konlar yopilgan. Öşanda Yubari munitsipaliteti deyarli kasodga uçragan, biroq hududni sayyohlarni jalb etiş ommaviy markaziga aylantirib, muammolar girdobidan çiqib ketişga muvaffaq bölgan. Bunda mahalliy qovunlar ham öziga xos örin tutgan.







