Brent nefti narxi 2015 yil noyabridan beri birinçi marotaba 50 dollardan oşdi. Bu haqda Londonning ICE birjasidagi savdolar ma'lumotlari darak bermoqda.
Toşkent vaqti bilan soat 06:37ga bu körsatkiç 50,03 dollarni taşkil qilgan va avvalgi narxga nisbatan 2,8 foizga oşgan.
Nyu-Yorkning NYMEX birjasida WTI neftining iyul fyuçerslari 0,94 foizga oşdi va bir barreli uçun 49,65 dollarni taşkil qildi.
Bunday ijobiy natijalar ortida Rossiya rubli ham mavqeini mustahkamladi. Moskva birjasida bir dollar savdolar oxirida 65,50 rublni (68 tiyinga arzonlaşgan), yevro 73,08 rublni (62 tiyinga arzonlaşgan) taşkil qildi.
16 may kuni Goldman Sachs banki neft narxi qaziş hajmi kamayişi sababli oşişi haqidagi prognozni çop etgandi. Oxirgi haftalarda neft qazib oliş hajmi kutilmagan vaziyatlar – Kanadadagi örmon yonğinlari va Nigeriyada terrorçilarning neft quvurlariga hujumi oqibatida kamayib borgan.







