AQŞ Davlat kotibi Jon Kerri Rossiyada sudlangan ukrainalik uçuvçi Nadejda Savçenkoning ozod etilişini qarşiladi. Bu haqda Kerrining AQŞ Davlat departamenti saytidagi bayonotida aytildi. 

"Men Savçenko Ukrainaga qaytgani hamda Ukraina hukumatining mamlakat hududida qölga olingan va terrorçilikda ayblangan ikki rossiyalik harbiyni ozod qiliş böyiça insonparvarlik qarori haqidagi xabarni qarşilayman", deb aytdi Kerri.

Kerrining aytişiça, Savçenkoning ozod etilişi Rossiyaga Minsk kelişuvlarini amalga oşirişda turtki berişi kerak.

Ukrainalik uçuvçi rossiyalik Yevgeniy Yerofeyev va Aleksandr Aleksandrovga almaştirildi.