Kiyev hokimi Vitaliy Kliçko Ukrainaning «Vesti» radiosiga bergan intervyusi çoğida «totalitarizm» sözini ayta olmadi. Siyosatçining intervyusi aks ettirilgan video radiostansiyaning YouTube’dagi kanaliga qöyildi.
Kiyev meri şaharda dekommunizatsiya ötkazilişi haqida aytib ötdi.
Uning sözlariga köra, Ukraina poytaxtida 150ga yaqin köça qaytadan nomlangan va yana bir neçta köçalarga yangi nom beriş işlari qolgan.
Kliçko qayd etişiça, Kiyevdagi sovet yetakçilarining barça haykallari buzib taşlandi.
«Biz barça monumentlarni bir yerga töplaşga qaror qildik. Bu tarixçilarga qiziq böladi. Mazkur muzey toratatatalira…» — deya sobiq boksçi sözini tugata olmay qiynaldi.
Radioboşlovçi esa siyosatçiga «totalitarizm» sözini aytişida yordamlaşdi va Kliçko bu jumlani ikki marta böğinlarga ajratgan holda takrorladi.







