Joze Mourinoning «Mançester Yunayted»ga yangi boş murabbiy sifatida tayinlanişi böyiça muzokaralar töxtab qoldi. Bu haqda The Telegraph xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotiga köra, «Çelsi»ning sobiq murabbiyi homiylari va mankunianliklar jamoasi hamkorlari örtasidagi ziddiyat tufayli muzokaralar qoldirilgan. Tomonlarning huquqşunosalari imijlardagi qarama-qarşiliklar tufayli muzokaralarni töxtatişga majbur bölgan. Xususan, gap Mourinoning Jaguar avtomobillarini işlab çiqaruvçi kompaniya bilan, şuningdek kazino xizmatlari körsatadigan va soat işlab çiqaruvçi kompaniya (Hublot) bilan hamkorligi töğrisida ketmoqda. «Mançester Yunayted» esa avtomobillar işlab çiqaruvçi Chevrolet kompaniyasi bilan, şuningdek boşqa kazino hamda soat işlab çiqariş bilan şuğullanuvçi brendlar (Bulova) bilan hamkorlik qiladi.
Şuningdek, «Çelsi» murabbiyning nomidan 2025 yilgaça egalik qiliş huquqiga ega. Bu muammoni hal qiliş uçun mançesterliklar jamoasi londonliklar jamoasigi 6ta raqamli mablağ tölaşiga töğri kelişi mumkin.
2015/2016 yilgi mavsumni «MYu» beşinçi örinda yakunladi va Lui van Gaalni iste'foga çiqardi. Mahalliy naşrlarda yaqin vaqt içida uning örniga Joze Mourino yangi boş murabbiy sifatida tayinlanişi kutilayotgani haqida xabarlar berilmoqda.







