OAV: Ember Xyord Jonni Depp bilan ajrashish uchun ariza berdi
Hollivud aktyori Jonni Deppning rafiqasi Ember Xyord ajrashish uchun ariza bergan. Bu haqda TMZ o‘z manbasiga asoslanib xabar tarqatdi.
Nikohni bekor qilish bo‘yicha murojaat 23 may kuni berilgan. Aktrisa o‘z turmush o‘rtog‘i bilan munosabatlardagi "hal qilib bo‘lmas" tushunmovchiliklar yuzaga kelgani va Deppdan aliment talab qilishi haqida bildirgan.
Ajrashish bo‘yicha hujjatda aktrisa Depp bilan 22 may kuni, ya'ni uning onasi vafotida 2 kun o‘tganidan keyin janjallashib qolgani keltirilgan.
Jonni Depp va Ember Xyord 2011 yili "Rum kundaligi" filmi suratga olish jarayonida tanishib qolishgan. Ularning unashuv marosimi 2013 yilning dekabrida bo‘lib o‘tgan, 2015 yilning fevralida esa ular aktyorning Los-Anjyelesdagi uyida rasman nikohdan o‘tishgan.