Yaponiyada bölib ötayotgan "katta yettilik" sammitida iştirok etayotgan AQŞ prezidenti Barak Obamaning bayonotiga köra, KXDR yadro quroli AQŞga bevosita xavf uyğotmaydi, ammo u yerda bunday texnologiyalar tobora takomillaşmoqda. 

"Biz yadroviy qurolsizlaniş borasida olğa siljiyapmiz. Ammo buni Şimoliy Koreya misolida köra olmaymiz. Bu mamlakatdagi vaziyat taşviş uyğotadi", - degan fikrlarni bildirgan prezident Obama.

Uning sözlariga köra, "bugungi kunda, KXDR yadro quroli AQŞga tahdid solmaydi". 

Ammo Oq uy ma'muriyati rahbari, KXDRda bunday texnologiyalar rivojlanayotganini e'tirof etgan. 

"Har safar, ular sinov ötkazganida, agrçi omadsizlikka uçraşsa ham, nimadir örganişi aniq", - deya qöşimça qilgan Barak Obama.