
Yaqinda IIE Transactions on Occupational Ergonomics and Human Factors jurnalida çop etilgan tadqiqot natijalari şuni körsatdiki, turib işlaş nafaqat kaloriyalarni yöqotişga va semizlikning oldini olişga yordam beradi, balki diqqatni jamlaydi hamda aqliy salohiyatni yaxşilaydi, şuningdek işlab çiqarişdagi samaradorlikni oşiradi.
Şu masalaga oydinlik kiritiş maqsadida yarim yil davomida A&M Texas universiteti olimlari koll-markazda faoliyat yurituvçi ikki guruh kişilarning işlab çiqariş samaradorligi örtasidagi farqni örganişdi va şunday xulosaga kelişdi: stolning baland-pastligini boşqariş imkoniyatiga ega bölgan turib işlovçi kişilar odatiy ötirib işlaydiganlardan köra 46 foizga samaraliroq mehnat qilişar ekan.
Tadqiqotning yetakçi muallifi Gregori Garrett ilmiy izlanişning birinçi oyida işlab çiqariş samaradorligi u qadar yuqori körsatkiçga ega bölmagan, biroq ikkinçi oyda ijobiy natijalar yaqqol közga taşlana boşlanadi. Olimlar mazkur tadqiqotning idora işçilari orasida samaradorlikka erişişida qölga kiritilgan katta yutuq ekanligini ta'kidlaşmoqda.






