Yurtimizning barça ta'lim dargohlarida yuraklarni hapqirtirib - “Sönggi qönğiroq” sadolari yangradi. Töqqizinçi sinfni bitirgan öquvçilar özlari yoqtirgan kasbni tanlab örta maxsus öquv yurtlari, ta'limning navbatdagi yönalişi tomon yöl olgan bölsalar, boşqalari uçun orziqib kutilgan yozgi ta'til mavsumi boşlandi.

Andijon viloyati Oltinköl tumanidagi 1-umumta'lim maktabida bu tadbir özgaça şukuh bilan ötdi. Tadbir avvalida tuman hokimi vazifasini bajaruvçi Uluğbek Soliboyev bitiruvçilarga öz tabrigini yölladi. Söng öquvçilar Ona Vatan, ustozlarni madh etuvçi şe'r va qöşiqlar joy olgan konsert dasturi namoyiş etdilar.

- Bu yil tumanimizdagi umumiy ta'lim muassasalarini 2700 nafar öquvçilar bitirmoqda,-deydi Oltinköl XTMFMT va TE bölimi mudiri Anvarjon Nazarov. Bulardan 140 nafari akademik litseylarda öqişni davom ettirişni niyat qilgan bölsa, qolgan 2560 nafari kasb-hunar kollejlarida ta'limning keyingi bosqiçini davom ettirişadi. Tajribali ustozlardan ta'lim va tarbiya olgan bitiruvçilarimizdan umidlarimiz bisyor. Niyatimiz, ular kelgusida yurtimiz ravnaqiga öz hissasini qöşadigan insonlar bölib yetişsin

 

Elmurod ERMATOV, Andijon