Yaponiyaning fototexnikalar çiqaruvçi Olympus kompaniyasi ekstremal sport turini sevuvçilar uçun Stylus Tough TG-Tracker ekşn-kamerasini sinovdan ötkazdi. Apparat 30 metr çuqurlikda ham, -10 daraja sovuqlikda ham va ustiga kelib tuşgan 100 kg.gaça bölgan toş yoki buyumlarga ham doş bera oladi.
Fotoappartning GoPro va boşqa ekşn-kamerlardan farqi şundaki, Stylus Tough’ga taşqaridan qöyiladigan ortiqça aksessuarlar şart emas. Bularning bari unda mujassam. Uning oğirligi 180 grammni taşkil etadi. Taqqoslaş uçun, GoPro Silver kamerasining 145 g.ni taşkil etadi.
Stylus Tough TG-Tracker kamerasining sotuvi keyingi oydan boşlanişi kutilmoqda. AQŞda Olympus 350 dollarga baholangan.









