Ğarb davlatlari yetakçilari Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan munosabatlarda paradoksga duç kelişmoqda - Putin ular bilan ziddiyatlarini qançalik kuçaytirsa, u rus xalqiga şu qadar köproq yoqib bormoqda. Bu haqda Bloomberg xabar yozgan.
Agentlik ma'lumotiga köra, bunga erişiş uçun muxolifat bilan munosabatlarda tegişli çoralar körilgan hamda televideniye orqali millatni taşqi duşmanlardan himoya qiluvçi "yaxşi hukmdor" qiyofasi yaratilgan.
Şu bilan birgalikda, ayni vaqtda Rossiya keyingi 2ta ön yillikdagi eng inqirozli davrni boşdan keçirmoqda va Putinning reytingi nisbatan tuşmoqda. Joriy oyda uning reytingi 80 foizni körsatdi.
"Lekin bu Ğarb davlatlari yetakçilari faqat tuşida körişi mumkin bölgan körsatkiç hisoblanadi", deyiladi xabarda.
Putinni yoqtirmaydigan rossiyaliklar ham uning örnini egallaşi mumkin bölgan munosib nomzodni körişmayotgani bois, uning kuçişlatar tizimini yoqlaşni afzal bilişmoqda.
Yil boşida "Levada-sentr" ötkazgan sörov natijalari Putinning reytingida pasayiş boşlanganini körsatgandi.
Aprel oyida Putinning işini 82 foiz rossiyaliklar qöllab-quvvatlagan, norozilar esa 17 foizni taşkil etgan edi. Şu bilan birga, prezidentni ma'qullaş reytingi yil boşidan buyon özgarmagan: martda va yanvarda Putinning faoliyatidan sörov iştirokçilarining 82 foizi, fevralda esa 81 foizi mamnun bölgan.
Dmitriy Medvedevning Rossiya boş vaziri lavozimidagi işini aholining 54 foizi ma'qullaydi, 45 foizi — aksinça.
Bundan taşqari, sörov iştirokçilariga ular eng köp işonadigan siyosatçi va jamoatçilik arboblarini sanab ötişni taklif qilişdi. Bunda birinçi örinni Putin (söralganlarning 53 foizi uni aytgan), ikkinçi örinni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoygu (26 foiz), keyingi poğonani esa taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov (20 foiz) egalladi.







