Agar velosiped haydaşni foydali sport turi deb hisoblamasangiz, unda yangi ğaroyib Lopifit elektron modeli sizga mos kelişi mumkin. Unda pedalni bosiş örniga velosiped ramkasiga örnatilgan yuguriş yölakçasi böylab harakatlanişga töğri keladi. Mazkur gibrid Niderlandiyada allaqaçon aholi punktlari hamda ular orasidagi yöllarda harakatlaniş uçun eng qulay vosita sifatida maşhurlikka erişdi. 

Oçiq havodagi eng yaxşi sport turiga nima yetsin. Yana u uzoqni yaqin qilsa yanada foydali böladi. Lopifit’da oddiy velosipedga nisbatan 4 karra tezroq harakatlanadigan Quantum elektromotori joylaşgan. Yuriş zapasi - 55 km. Qiyalikdan pastga qarab harakatlanayotgan vaqtda dvigatelni avtomatik öçiriş va buriliş yoki tormoz funksiyalarini yoqiş imkoni mavjud. Noodatiy yuguriş velosipedi olti xil rangda taqdim etiladi. Şuningdek, uning yukxonasi, 2.3 metr oldindagi yölni yorituvçi LED çiroqlari va akkumulyator indikatori bor. Lekin mazkur ğaroyib va foydali transport vositasining narxi arzon ham emas – 1899 yevro.