San-Frantsiskoda ötkazilgan SID Display Week 2016 körgazmasi doirasida Tayvanning E Ink kompaniyasi birinçi elektron siyohlardagi elektroforetik Advanced Color ePaper (ACeP) rangli displeyini namoyiş etdi.

Yangi texnologiya maxsus rangli filtrlardan foydalanişni talab etmaydi - har bir alohida piksel sakkizta asosiy ranglardan iborat va butun boşli panel eng kam energiyadan foydalangan holda bir vaqtning özida 32 000 xil soya bilan rangli suratlarni aks ettirişga qodir. E Ink’ning avvalgi rangli displeyi Triton faqatgina 4 000 soyalarni körsatar edi. Biroq ACeP’da kamçilik ham bor, ayni damda panel animatsiya va videoroliklarni körsata olmaydi. Suratlarning almaşinişiga esa 2 soniya vaqt ketadi, bu esa yetarliça uzoq fursatdir. Kompaniya körgazmada 150 ppi darajasidagi 20 dyuymli 1600x2500 nuqta va piksel ziçligiga ega ACeP displeyini namoyiş etdi.  Uni raqamli informatsion va reklama belgisi sifatida işlatiş mumkin. Riderlar yangi texnologiya suratlarni yangilaş tezligini yaxşilamaguniga qadar undan foydalanib körişni rejalaştirmagan. Ma'lum bölişiça, ACeP asosidagi displey yaqin yillar içida tijorat maqsadlarida foydalanişga topşiriladi. Yangi texnologiyaga asoslangan mahsulot narxi haqida hozirça aniq ma'lumot yöq.