Qozoğiston 2017 yilgi ŞHT sammitini ötkazadi. Bu haqda mamlakat Taşqi işlar vaziri Yerlan Idrisov ma'lum qilgan.
Qozoğiston TIV rahbari Şanxay hamkorlik taşkilotining moliyaviy nazorat organlari rahbarlarining uçinçi yiğilişida iştirok etgan. Bu yiğilişda 2017 yilgi sammit masalasi kötarilgan.
"Qozoğiston Toşkentdagi sammitda ŞHT raisligini Özbekistondan qabul qilib oladi. Bu biz uçun katta ahamiyatga ega. Albatta, Qozoğiston öz raisligi davrida ŞHTning köp tomonlama rivojlaniş siyosatini davom ettiradi. Albatta, biz 2017 yilning iyunida ötkaziladigan sammitga jiddiy tayyorlanamiz", deya Idrisovning sözlarini keltiradi Kaztag agentligi.
Idrisovning ta'kidlaşiça, Qozoğiston ŞHT faoliyatini yanada yaxşilaş uçun maksimal darajada harakat qiladi.
Toşkentndagi 2016 yilgi sammit 23-24 iyun kunlari bölib ötadi.







