Angliyaning «Mançester Yunayted» klubi Madridning «Atletiko» jamoasi yarim himoyaçisi Saul Ngesni qölga kiritiş böyiça harakatlarni boşlagan.
Daily Mail naşrining xabariga köra, «qizil iblislar» futbolçi uçun 71 million yevro tölaşga rozi bölişgan.
Xabar qilinişiça, mazkur futbolçining transfer huquqi Joze Mourinoning agenti Jorjye Mendeşning firmasiga tegişli hisoblanadi. Yaqin vaqt içida mançesterliklar jamoasi boş murabbiyi sifatida tayinlanişi kutilayotgan Mourino ispaniyalik bu 21 yoşli futbolçiga şaxsan qiziqiş bildirgan.
18 may kuni Saul «Atletiko» bilan şartnomasini 2021 yilgaça uzaytirgandi. Yangilangan şartnomaga köra, futbolçining haftalik maoşi 105 ming yevro, transfer qiymati esa 71 million yevro etib belgilangan. Inglizlar jamoasi va ispaniyalik futbolçi bilan muzokaralar YeÇL finalidan keyin boşlanişi kutilmoqda.
Saul yakunlangan mavsumda 47ta öyinda maydonga tuşib, 9ta gol urgan va 4ta golli uzatma bergan.







