Xitoyning smartfonlar işlab çiqaruvçi Oppo kompaniyasi ingiçka displeyli gadjyetlar yaratişga kirişib ketdi. Kompaniya yopiq taqdimotda moslaşuvçan displeyli buklanuvçi smartfon prototipini namoyiş etdi. Uning diagonali 7 dyuymdan oşadi.
Ma'lum bölişiça, qurilmani işlab çiqariş işlari 2015 yilning avgustida boşlangan bölib, joriy yilning fevral oyida dasturçilar töliq funksiyalaştirilgan prototipni yaratişga muvaffaq bölişgan.

Yangi smartfonning asosiy hususiyatlari hozirça oşkor etilmagan. Faqatgina uning Android operatsion tizimida işlaşi va 5 daqiqa içida akkumulyator zaryadini 3 foizdan 57 foizgaça töldirib beruvçi zaryadkaga egaligi ma'lum. Namoyiş etilgan bukiluvçan qurilmani töliq tijorat mahsuloti sifatida sotuvga çiqiş sanasi ham aytilmagan.
2017 yilda Koreyaning Samsung kompaniyasi şunga öxşaş smartfonni işlab çiqarişi kutilmoqda, biroq bu borada kompaniya birinçi böla oladimi, yöqmi, hozirça noma'lum.










