Islom dunyosi Rossiya timsolida dolzarb muammolarni hal etişda yordam beruvçi işonçli ittifoqçisini topişi mumkin, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin "Rossiya - islom dunyosi" strategik nazar guruhi majlisining iştirokçilariga. Bu haqida RIA "Novosti" xabar beradi.
"Şuni ta'kidlaşni istardimki, islom dunyosi doimo Rossiya timsolida dolzarb muammolarni hal qilişda yordam körsatişga tayyor işonçli ittifoqdoşini körişi mumkin. Biz musulmon davlatlarining xalqaro munosabatlarda adolat tamoyillari, qonun ustuvorligini mustahkamlaş böyiça faol pozitsiyasini qöllab-quvvatlaymiz", - dedi u.
Putin şuningdek guruhning mazkur yiğilişi Rossiya va musulmon davlatlar örtasidagi işonç hamda özaro hamkorlikni yanada mustahkamlaşiga umid bildirdi.







