Universiadani yoşlik va gözallik bayrami, deya ta'riflaşlari bejiz emas.
Ayni kunlarda gözal Farğona şahrida davom etayotgan “Universiada – 2016” musobaqalari Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti talaba-yoşlari hayotida ham unutilmas voqea bölib qoladi.
Respublikamiz oliy ta'lim muassasalari talabalarining "Universiada" sport musobaqalari avvalo yoşlarning nafaqat jismonan soğlom bölişiga, balki, ma'naviy yetuk bölib kamol topişiga ham xizmat qiladi. Ertaga yurtimiz taraqqiyotini yanada yuksakroq darajalarga olib çiqadigan kadrlar ham mana şu avloddir. Mamlakatimiz miqyosida ötkaziladigan bu anjuman yigit-qizlarimiz qalblarida nafaqat öçmas qoldiradi, balki, ularni yanada jipslaştirib, ma'nan yetuk insonlar bölib ulğayişlariga ham xizmat qiladi. Şunday ekan, "Universiada – 2016" maş'alasi barça yoşlarimiz qalbida porlasin va u abadul-abad sportçilar mamlakatiga aylanib qolayotgan Özbekiston zaminini munavvar aylayversin.
Yurtboşimiz Islom Karimovning “Universiada – 2016” sport öyinlari iştirokçilariga” yöllagan tabrigida, Universiada bellaşuvlari Vatanimiz mustaqilligining qutluğ 25 yillik bayrami arafasida bölib ötayotgani unga çuqur mazmun va kötarinki ruh bağişlayotgani alohida ta'kidlandi. Darhaqiqat, bu anjuman özining bayramona ruhi ila barçamizga yanada kötarinki ruh baxşida etmoqda.
Aytiş joizki, talaba yoşlarimiz anjumanini nafaqat mamlakatimiz, balki butun dunyo ahli hozirjavoblik bilan kuzatib borişi şubhasiz. Juda qiziqarli va hayajonlarga boy böladigan sport musobaqalarini hozirjavoblik bilan ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borilayotgani ayni muddaodir.
Bugunning yoşlari ozod va obod yurtning baxtiyor yigit-qizlari. Ular sönggi ön-ön beş yilda sportda erişgan ğalabalari nafaqat köksimizga ğurur-iftixor bağişlaydi, balki dunyodagi köplab mamlakatlar xalqlarining ham havasini keltirayotgan bölsa ajabmas! Mamlakatimizda joriy qilingan “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Unversiada” deb nomlangan uç bosqiçli sport musobaqalari millionlab yoşlarning qalbida sportga mehr va qiziqişni uyğotmoqda, öz navbatida ular qalbida ona Vatanga muhabbat hamda sadoqat tuyğularini jöş urdirmoqda.
Yurtimiz dovruğini dunyoga taratayotgan sportçilarimiz avvalo oddiy maktablarda, söng oliy öquv yurtlarida tahsil oliş bilan bir qatorda sport bilan ham muntazam şuğullanib kelganlar. Bunda avvalo har bir oliy öquv yurtida talabalarning sport bilan muntazam şuğullanişlari uçun yaratilgan şart-şaroitlar muhim örin tutganini izohlaşga hojat yöq. Sönggi yillarda poytaxtimiz husniga husn qöşib kelayotgan “Yoşlik” talabalar şaharçasida qançalik ulkan bunyodkorlik işlari amalga oşirilgani barçaga yaxşi ma'lum. Ayni paytda şaharçamizni ramziy ma'noda – sportçilar şaharçasi, desak ham mubolağa bölmaydi. Sönggi yillarda bunyod etilgan katta futbol maydoni, zamonaviy "Suv sporti saroyi", qişki sport öyinlari majmuasi, şuningdek, sifatli ta'mirdan çiqarilib, töliq jihozlantirilgan oltita sport maydoni şaharçamizni çindan-da sportçilar maskaniga aylantirgan. Şu örinda aytiş joizki, sport majmusini taşkil etgan qator inşootlarimiz va maydonlarimiz bamisoli yam-yaşil örmon orasida joylaşgandek. Bir neça yildan buyon bu yerda katta hajmda kökalamzorlaştiriş hamda obodonlaştiriş işlari amalga oşirilmoqda. Minglab tup manzarali daraxt köçatlari ötqazildi, ayniqsa, qişin-yozin köm-kök yaşnab turadigan arçalar parvarişiga mudom e'tibor berilmoqda. Keng maydon, hiyobonlar, yöllar va yölaklar tamomila özgaça tus olgan. Yoş sportçilarimiz bejirim turar-joylardan to sport maydonlariga yetib kelgunlariga qadam fusunkor tabiat oğuşida bahri-dillari oçiladi.







