Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen Inning 1998 yildan beri AQŞda yaşovçi xolasi va nihoyat uzoq yillardan söng jurnalistlarga intervyu berdi. U bilan bölgan suhbat The Washington Post gazetasida e'lon qilingan.

Şimoliy Koreya yetakçisining 60 yoşli xolasi Ko Yen Suk va uning turmuş örtoği Li gan mamlakatning 1998 yilda tark etişgan edi. Jurnalistlarning ma'lumotlariga köra, oradan 18 yil ötgan bölsada bu oila markaziy razvedka boşqarmasidagilarning manbasiga aylanib kelmoqda.

Ayolning tasdiqlaşiça, Kim Çen In rostan ham 1984 yilda tuğilgan. Çunki uning öğli ham şu yil tuğilgan bölib, ular bolalikda birga öynaşgan. Şuningdek, uning gaprib berişiça, Kim Çen In 1996 yilda Şveytsariyada yaşagan, uning katta akasi Kim Çon Çxol u yerda 1992 yil yaşagan.

«Biz yaxşi bir uyda, yaxşi oila bölib yaşar edik. Men uning onasi bölişga intilar edim. Unga döstlarini uyga boşlab kelişni va mehmon qilişni tavsiya etardim. Uni yaxşi hayotda yaşaşini istardim. Ular şirinliklar yer va “Lego” öynaşardi», — dedi u Şveytsariyadagi vaqtlarni yodga olar ekan.

Uning qöşimça qilişiça, u bolalar bilan birga Parijdagi Disneylendga borişgan, şuningdek, Kim Çen In onasi bilan Tokiodagi xuddi şunday boqqa borgan. Bundan taşqari, Şimoliy Koreya yetakçisi Alplarda çanği uçgan, Fransiya Riverisi dengizida çömilgan, italyan restoranlarida ovqatlangan. U yoşligida kemalar va samolyotlar bilan öynagan va basketbolçi Maykl Jordanning aşaddiy muxlisi bölgan.