Sankt Peterburgning "Zenit" jamoasi yangi boş murabbiyi Mirça Luçesku jamoa bilan şartnomasini yaxtada imzolagani va yaqin oradagi rejalari xususida örtoqlaşdi. U hozirça, jamoaga yangi öyinçilar olib keliş xususida öylab körmaganini ham ma'lum qilgan. 

Luçesku şartnoma imzolaşga oid tafsilotlar bilan örtoqlaşgaç, "Zenit" tarkibida ruminiyalik öyinçilar paydo böliş ehtimoli xususida fikrlarini bildirgan. 

"Men turli miş-mişlardan xabarim bor, ammo töğrisini aytganda bunday rejam yöq. Hozirça, men jamoa salohiyati bilan tanişib olişim kerak. Şundan sönggina, transferlar xususida gaplaşamiz. "Zenit"da yaxşi futbolçilar töplangan. Ularning 11 nafari milliy terma tarkibida Yevropa çempionatiga tayyorgarlik körmoqda", - degan jamoa boş murabbiyi.