Taniqli Hollivud aktyori Maykl Duglas Fox News telekanaliga bergan intervyusida hayotidagi eng oğir dam haqida sözlab berdi - bu unga öta xavfli kasallik taşxisi qöyilgan bir vaqtda öğlining qamoqqa tuşgan payti.
Aktyorning hayoti va karerasida buriliş yasagan davrlar haqida söz yuritar ekan, jurnalist unga "Hayotingizdagi eng qoronğu kunlar qaysi?" deb savol berdi.
"Hozirda 37 yoş tönğiç öğlim Kemeron bir paytlar geroinga qaram bölib, oxir-oqibat qamoqqa tuşdi. Unga qamoq jazosi tayinlanganda, mening yuragim çilparçin böldi. Boz ustiga öşa payt menga saraton taşxisi qöyildi. Şu ikki hodisaning bir vaqtda yuz bergani men uçun juda oğir keçdi", - deb javob qaytardi Duglas.
Saratondan davolangan aktyor matbuotning "u uzoği bilan uç oy yaşaşi" töğrisidagi xabarlarini inkor qildi. "Odamlar menga qönğiroq qilib, hol-ahvol söraşadi. Hammasi joyida, men özimni yaxşi his etmoqdaman", - ta'kidladi Duglas jilmayib.
Butun dunyoga maşhur aktyor hozir 71 yoşda. U ikki marta "Oskar" va boşqa bir qator nufuzli mukofotlarga sazovor bölgan. Aktyorning hisobida 80dan ortiq film bor.







