Har qanday işda yuqori natijalarga erişişni istaysizmi? U holda buning uçun qulay şaroit yaratiş haqida ham öylang.
Masalan, oşirma xamirni yomon kayfiyatda, jahl bilan qilsangiz-da, tinişi uçun yelvizakli joyga qöydingiz deylik. Xamiringiz yaxşi çiqarmikan?! Miya faoliyatida ham xuddi şunday. Uning yaxşi işlaşini xohlasangiz, buning uçun şunga yaraşa şaroit yarating!
Miyani rivojlantirişga harakat qiliş tahsinga sazovor, albatta, biroq quyidagilarsiz aqliy salohiyatni yaxşilaşning deyarli iloji yöq:
Töğri ovqatlaniş

Sizning taomnomangizda miya uçun muhim manba hisoblanadigan mahsulotlar joy olişi şart: yonğoq, baliq, sut-qatiq mahsulotlari, yoğsiz göşt, kökatlar, meva, sabzavotlar, don mahsulotlari, qora şokolad.
Sport maşqlari

Aqliy salohiyatga sportning nima aloqasi bor dersiz?
Aynan jismoniy maşqlar hujayralarni kislorod bilan töyintiriş, işçanlikni oşiriş, ortiqça vazndan xalos bölişga yordam beradi.
Zararli odatlarni taşlaş

Tamaki va spirtli içimliklar, şuningdek giyohvand moddalar miya hujayralarini şiddat bilan yakson qiladi.
Siz çekasizmi? Spirtli içimliklarni xuş körasizmi? U holda özingizni özingiz halokat yoqasiga yetaklaysiz.
Uyqu va hordiq

Ha, öşa 8 soatli uyqu organizmimiz butunlay qayta tiklanişi uçun zarur.
Şu bois imkon qadar kun tartibingizni buzmay öz vaqtida uxlaşga odatlaning.







