Şimoliy Koreya Starcon deb nomlangan ijtimoiy tarmoqni işga tuşirişga tayyorgarlik körmoqda, uning dizayni Facebook'ni eslatadi, deya ma'lum qildi CNN Money.
Saytni 27 may juma kuni Dyn Research internet-tahlil markazi rahbari Dag Meydori topişga muvaffaq böldi. Twitter'dagi mikroblogida u resurs manzilini qoldirdi.
Meydorining aytişiça, Starcon bilan Facebook'ni nafaqat rangi, balki izlaş, döstlar röyxati satrlarining bezalişi, şuningdek yangiliklar ustuni şakllanişi prinsipi ham boğlaydi. Starcon'ning yaratilişi uçun Facebook şabloni böyiça sayt tuzişga imkon beruvçi phpDolphin platformasidan foydalanilgani taxmin qilinmoqda.
Ijtimoiy tarmoq test rejimida faoliyat körsatadi. Ekspert Şimoliy Koreya rasmiy hukumatining bu loyihaga aloqasi bor yoki yöqligiga hozirça işonçi komil emas. Kompaniya rahbari ijtimoiy tarmoqqa boşqa mamlakat foydalanuvçilarining kira olişi ğalati deb topdi.







