27 may kuni «Tom» jamoasi RFPLning 2016-17 yilgi mavsumi yöllanmasini qölga kiritiş yölidagi ötiş öyinlari doirasida «Kuban»ga qarşi javob öyinini ötkazdi.
Tomsk şahrida ötkazilgan öyinda mezbonlar 2:0 hisobida ğalaba qozonişdi. Öyinning 57 va 72-daqiqalarida Yevgeniy Başkirov hamda Valeriy Çuperka aniq harakat qilib, jamoaga ğalaba keltirdi. Jamoalarning Krasnodarda ötkazilgan birinçi öyinida «Kuban» 1:0 hisobida ğalaba qozongandi.
«Tom» futbol böyiça Rossiya çempionatining quyi ligasida yakunlangan mavsumda 3-örinni egallagandi. Jamoa oxirgi marta 2013-14 yilgi mavsumda yuqori ligada iştirok etgandi. 2011 yildan buyon RFPLni tark etmay kelayotgan «Kuban» esa ötgan mavsumda 14-örinni egalladi.







