Bu hafta ZTE kompaniyasi özining yangi smartfoni bilan xuşnud etdi. BMW avtomobil işlab çiqaruvçining şö'ba kompaniyasi bölmiş jahonga maşhur Designworks studiyasi yangi ZTE Axon 7 dizayni ustida işladi. Biroq apparatda katta bir özgarişlar kuzatilmaydi. U ham boşqalar kabi silliq burçakli metall korpusga ega. Yangi qurilma özida quyidagi e'tiborli xususiyatlarni jamlagan: kuçli old dinamika, Google’ning Daydream virtual reallik platformasi va Force Touch bosiş kuçini his eta oluvçi texnologiya.

ZTE Axon 7 flagmanida 5.5 dyuymli 2560x1440 piksel va himoyalangan 2.5D Gorilla Glass 4 oynasiga ega AMOLED-displeyi örnatilgan. Içki qismida Qualcomm Snapdragon 820 flagman protsessori, 4/6 GB operativ va 64/128 GB fleş karta, 128 GB hajmgaça bölgan microSD kartasi va DAC AKM 4961, 4490 uçun teşik mavjud. Apple 3D Touch anologik funksiyasi sababli qurilma ekrani bosiş kuçini his etadi.
Samsung tomonidan işlab çiqarilgan f/1.8 diafragmaga ega 20 megapikselli asosiy kamerada suratlarni optik muqobillaştiriş tizimi, bosqiçli avtofokus va 30 k/s tezlikda 4K video tasvirlarni suratga oliş imkoniyati bor. Orqa tomonda barmoqlar izi skaneri joylaşagan. Old qismda esa – ikkita kuçli stereodinamika.

Smartfonda quyidagilar mavjud: LTE, 4.2 Bluetooth, (802.11b/g/n) Wi-Fi, GPS, NFC va USB Type-C porti. 3140 mAç siğimli akkumulyator qurilmani tez zaryadlay oladi. Ma'lum bölişiça, smartfon 30 daqiqa içida 50 foizgaça, 100 daqiqada esa 100 foiz quvvat olişi mumkin. Flagman Android 6.0.1 Marshmallow OT ostida işlaydi. Uning ölçamlari 151.8×75×8.7 mm, oğirligi esa 185 grammni taşkil etadi. Korpus ranglari — tilla va kulrang. Avvaliga ZTE Axon 7 smartfoni Xitoy bozorlariga çiqadi, keyinroq Yevropa va AQŞda sotila boşlaydi. Uning narxi 450 dollar (4/64 GB xotira bilan) va 639 dollarga (6/128 GB xotira bilan) teng. 6 Gbaytli operativ xotiraga ega smartfon narxi esa 639 dollar.

ZTE Axon 7 flagmanidan taşqari kompaniya ular bilan birgalikda işlatiluvçi Samsung Gear VR analogi bölgan virtual reallik şlemini taqdim etdi. Qurilma Google korporatsiyasi taqdim etgan Daydream yangi platformasini töliq kötara oladi. Quloqçinda inson boş harakatlarini kuzatuvçi ilğor giroskop mavjud. Gadjyet 2K (WQHD) imkoniyatli AMOLED displeyi, içki dinamika, Dolby Atmos ovoz texnologiyali Hi-Fi tizimiga ega. Köriş nuqtasi 96 darajani taşkil etadi. ZTE VR ölçami 185.3x85.3x76.7 mm bölib, uning smartfonsiz oğirligi - 255 gr. Sotuvga çiqariliş sanasi va narxi haqida hozirça aniq ma'luot yöq.


















