AQŞ Milliy basketbol assotsiatsiyasining (MBA) «Nyu-Orlean Pelikans» jamoasi basketbolçisi Brays Dejan-Jons öqotar quroldan uzilgan öqdan jarohatlanib halok böldi. U qorin qismiga otilgan öq oqibatida vafot etgan. Hodisa Dallas şahrida yuz bergan. Bu haqda ESPN caytida xabar qilingan.

Manbaning ma'lumotiga köra, uşbu fojia 23 yoşli basketbolçi şahardagi xonadonlardan birining eşigini tepib, içkariga kirganida sodir bölgan. Şovqindan uyğongan xonadon egasi sportçiga qarata töpponçadan öq uzgan.

Sportçining agenti Skott Nikolsning ma'lum qilişiça, uyga zudlik bilan tez tibbiy yordam çaqirilgan, lekin sportçining hayotining saqlab qolişning iloji bölmagan, u şifoxonada hayotdan köz yumgan.

Brays Dejan-Jons şu yilning yanvar oyida MBAda öz debyutini ötkazgan edi. Fevral oyida esa u «Nyu-Orlean Pelikans» bilan bir neça yillik şartnomaga imzo çekkandi.