Buyuk Britaniyada maxsus polimerdan tayyorlanadigan plastik banknotlar çiqariladi. Bunday banknotlarni sindiriş imkonsiz. Bunday pullar Tselsiy böyiça 90 darajaga doş beradi.
Şuningdek, uning materiali ifloslanmaslikni ta'minlaydi va suvga çidamli böladi. 2016 yilning sentabrida 400 mln dona 5 funtlik yangi banknotlar çiqarilişi rejalaştirilgan.
The Telegraph xabariga köra, yangi banknotlarda Uinston Çerçill tasviri tuşiriladi.
2017 yilda esa 10 va 20 funtlik plastik banknotlar ham muomilaga çiqarilişi közda tutilgan. Qayd etilişiça, 50 funtlik yangi banknotlar çiqarilişi haqida hozirça qaror qabul qilinmagan.







