28 may kuni Qirğizistonda qayta boşlangan kuçli yomğirlar oqibatida Qadamjo tumanida yana sellar yuz berdi. Oqibatda 5 kişi halok böldi, deb xabar bermoqda Qirğiziston FVV.
27 may kuni Qadamjo tumanida kuçli yoğingarçilikdan keyin sel oqqan. Loy-toş aralaşmasidan iborat oqim Öş-Aydarken avtomobil yölidagi önlab maşinalarni yuvib ketgan. Maşinalardan birida bölgan 5 kişi – ikki erkak, ikki ayol va bola halok bölgan. Oqim bilan olib ketilgan 6 yoşli bola qutqarib qolingan. Qutqaruvçilar 27 may keçki payt sel oqişi oqibatida yöqolib qolgan 3 yoşli bolani qidirişmoqda.
"Qadamjo tumanida döl bilan kuçli yomğir yoqqan. Öş-Aydarken avtomobil yölining 125-132 km larida sel oqqan. Avtomobillarga yöl orqali qatnov yopilgan", deb xabar bermoqda FVV.
Ma'lum qilinişiça, yangi sel köprikni yuvib ketgan, elektr ta'minot ustunlarini ağdargan. Qadamjo şahrida bir neça köça toşqin ostida qolgan.
Oxirgi 1,5 oy içida baland toğli Qirğizistonda 50 dan köproq favqulodda vaziyat yuz bergan, ulardan köpi kuçli yomğirlar sababli yuzaga kelgan sel oqimi va köçkilar bilan boğliq bölgan.







