Italiyaning Milan şaxrida Yevropa Çempionlar ligasi final öyini bölib ötdi. Unda Madridning ikki jamoasi – "Real" va "Atletiko" özaro bahs olib bordi.

Uçraşuvning dastlabki daqiqalarida jamoalar şiddatli va çiroyli öyin namoyiş qilib berişdi. Dastlab "Real" jamoasi yuzaga kelgan "standart"dan unumli foydalanib xisobda oldinga çiqib oldi. Toni Kroosning jarima maydonçasi içiga oşirib bergan töpini Beyl boşi bilan Ramosga "skidka" qildi, Ramos esa Oblakni 2 metr masofadan doğda qoldira oldi - 1:0. Birinçi bölim "Real"ning ğalabasi bilan tugadi.

Ikkinçi bölimning dastlabki daqiqasida penalti işlab olgan "Atletiko" undan unumli foydalana olmadi! Antuan Grizmann tepgan töp darvoza tösiniga tegib qaytdi. Uçraşuvning 79 daqiqasiga kelib hisob tenglaşdi. Karrasko 3 metrdan töpni darvozaga joyladi.

Öyinning asosiy va qöşimça bölimlarida 1:1 hisobidagi durang natija qayd etildi. 

Barçasiga penaltilar seriyasi oydinlik kiritdi. 

Öziga xos lotereyada "Real" omadliroq bölib çiqdi. Atletiko" himoyaçisi Xuanfran yöllagan zarba ustunga tegib qaytdi. Kriştianu Ronaldu sönggi bölib nuqta yaqinlaşdi va kuçli zarba bilan darvozani işğol qildi — 5:3!

Şu tariqa "Real" 11 marta Yevropaning eng kuçli jamoasi degan unvonni qölga kiritdi.

Yevropa Çempionlari ligasi. Final.

"Real" - "Atletiko" 1:1  (Penaltilar seriyasi - 5:3)
Gollar: Ramos 15, Karrasko 79
Amalga oşirilmagan penalti: Grizman 46.
Ogohlantirişlar: Karvaxal 11, Navas 46, Torres 61, Godin 67, Gabi 90, Danilo 93, Pepe 112
Penaltilar seriyasi: 1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2, 3:3, 4:3, 5:3.

"Real": Keylor Navas, Marselo, Pepe, Serxio Ramos, Dani Karvaxal (Danilo 52), Luka Modriç, Toni Kroos (Isko 72), Kasemiro, Garet Beyl, Karim Benzema (Vazkez 77), Kriştianu Ronaldu.