Çempionlar ligasining 2015/2016 yilgi mavsumida Zinedin Zidan boşçiligidagi «Real» «Atletiko»ni mağlubiyatga uçratdi.

Zinedin Zidan bu ğalaba orqali öziga xos natija qayd etdi.

U ÇLda ğolib çiqqan ilk fransuz murabbiyiga aylandi. Bu vaqtgaça turnirda 14 mamlakat vakillari bölgan murabbiylar ğolib bölişgandi.

Şu vaqtgaça italiyalik murabbiylar 11 marta, ispaniyalik murabbiylar 10 marta YeÇLda öz jamoasi bilan ğalaba qilgan.

U şuningdek ham öyinçi, ham murabbiy sifatida musobaqa ğolibligini qölga kiritgan yettinçi insonga aylandi. 

Şu paytgaça Migel Munos, Jovanni Trapattoni, Yohan Kroyff, Karlo Ançelotti, Frank Raykaard va Xosep Gvardiola şunday yutuqqa sazovor bölişgandi.

Ulardan faqat 3 nafari bir jamoa safida futbolçi va murabbiy sifatida Çempionlar ligasi (kubogi)da zafar quçgan: Munos, Ançelotti va Gvardiola.