Nokia sobiq xodimlari tomonidan Finlyandiyada asos solingan Jolla kompaniyasi özining Sailfish mobil operatsion tizimi bazasidagi ikkinçi smartfoni - Jolla C'ni işlab çiqardi. Bu haqida işlab çiqaruvçining rasmiy saytida ma'lum qilingan. 

Qurilmani işlab çiqariş Device Sailfish Community dasturining bir qismi bölib, u Jolla'ning işlab çiqaruvçilari va muxlislariga möljallangan. Undagi iştirok kompaniya vebinarlari va tadbirlariga kiriş imkonini beradi. 

Jolla C yangi Sailfish operatsion tizimida işlaydi. Qurilma 1,3 GGts takt çastotali Qualcomm Snapdragon 212 tört yadroli protsessoriga ega böldi. Smartfon operativ xotirasining hajmi - 2 GB, biriktirilgan xotira hajmi esa - 16 GB, uni microSD kartasi yordamida kattalaştiriş mumkin. 

Smartfon asosiy kamerasi imkoni 8 Mp, frontal kamerasiniki esa 2 Mp'ga ega. Qurilma ekrani diagonali - 5 dyuym. Jolla C SIM-karta uçun ikkita slot bilan jihozlangan. 

Gadjyet narxi barça soliqlarni hisobga olgan holda 169 yevroni taşkil qiladi. Yangi qurilma anonas qilingan kun Finlyandiyada Jolla'ning minglab nusxalari sotildi. Xaridorlar öz smartfonlarini iyul oyida olişi kutilmoqda.