Prezidentimiz Islom Karimov “Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuç” asarida ta'kidlaganidek, har qaysi xalq yoki millatning ma'naviyatini uning tarixi, öziga xos urf-odat va an'analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bölmaydi. Bu borada, tabiiyki, ma'naviy meros, madaniy boyliklar, köhna tarixiy yodgorliklar muhim omil bölib xizmat qiladi. Mustaqillik yillarida milliy an'ana va qadriyatlarimizni asrab-avaylab, kelajak avlodga bekamu köst yetkazişga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Özbek xalq milliy öyinlari özining uzoq ötmişi, boy tarixiga ega bölgan, ajdodlardan avlodlarga meros sifatida ötib kelayotgan, ma'naviy boyligimiz, qadriyatlarimizdan sanaladi. Mamlakatimiz mustaqillikka erişgan dastlabki kunlardan boşlab, milliy qadriyatlarimiz, an'ana-yu udumlarimiz, şu jumladan, xalq öyinlarini qayta tiklaşga katta e'tibor qaratildi.

Sportning an'anaviy turlari bilan birgalikda milliy sport turlari hamda xalq öyinlari ham tobora rivojlanib borayotir. Bugungi kunda dunyoning köplab mamlakatlarida özbek kuraşi böyiça musobaqalar taşkil etilib, sportning şu turi ustalari örtasida jahon çempionati muntazam ötkazib kelinayotgani Özbekistonda yaşayotgan har bir fuqaro qalbini ğururga töldiradi. Aslida biz faxrlansak arziydigan milliy sport turlari juda köp. Ularning orasida “Turon” kuraşi, Özbek jang san'ati, uloq, köpkari, çovgon, belboğli kuraş va kamondan öq otiş alohida e'tiborga molik. Ayniqsa, oxirgi yillarda Özbek jang san'atiga bölgan qiziqiş kuçayib bormoqda. Bu sport turi milliy ruh bilan suğorilgan bölib, yoşlarda abjirlik, epçillik kabi xususiyatlarni şakllantirişda, ularning ötkir zehnli va körkam qaddi-qomatli bölib ulğayişlarida muhim örin tutadi.

Tarixga nazar taşlaydigan bölsak, ota-bobolarimiz azal-azaldan insonni jismonan çiniqtiruvçi, salomatlikka ijobiy ta'sir etuvçi maşqlarga jiddiy e'tibor qaratişganini köramiz. Masalan, köpkari musobaqasi har bir iştirokçidan çavandozlik mahoratidan taşqari jismoniy kuç, ötkir zehn va yetti ölçab bir kesiş salohiyatiga ega bölişni talab qiladi. Ajdodlarimiz şunga mos ravişda tayyorgarlik körib, ham ruhiy, ham jismoniy ösişga erişganlar. Umuman olganda, milliy sport turlarining barçasi ota-bobolarimizning yaşaş tarzi, madaniyati va dunyoqaraşidan kelib çiqqan holda rivojlangan. Öşa kezlarda kimdir çavandoz, kimdir qiliçboz, yana kimdir mergan sifatida tanilgan. Şuningdek, turli öyinlar va maşqlar tufayli ajdodlarimizda har qanday holatdan olib çiqadigan çaqqonlik, yakkama-yakka olişuvga xos uquv şakllangan.