30 mayda Moskvada yangi "Jukovskiy" aeroportining tantanali oçilişi bölib ötadi, deb xabar bermoqda OAV.
Yangi aeroport Moskvadagi 4-aeroport böladi, undan birinçi bölib Qozoğiston va Qirğiziston aviakompaniyalari samolyotlari parvoz qiladi. "Ramport aero" kompaniyasi yiliga 4 mln odam ötkaza oladigan terminalga 27 mln dollar sarfladi, uçiş polosasini Gromov nomidagi uçiş-tadqiqot instituti aerodromi taqdim qiladi. Aeroportni mart oxirida oçiş rejalaştirilgandi, biroq tegişli ruxsatlarni olişga ança vaqt talab etildi.
Aeroportni Rossiya boş vaziri Dmitriy Medvedev oçib beradi.
Mutaxassislarning fikriça, yangi aeroportning asosiy kamçiligi unga transport orqali borişning murakkabligidir. Hozirça yangi aeroportning istiqboli borligini aytiş qiyin, biroq pastlayotgan bozorda agar u aeroport xizmatlariga jiddiy çegirmalar taklif qila olmasa, qolgan uçta aeroport bilan raqobatlaşişi muşkul böladi.
Moskvada, şuningdek, Şeremetevo, Domodedovo i Vnukovo aeroportlari faoliyat yuritadi.







