AQŞ prezidenti Barak Obama itlarining hayotini şohona deyiş mubolağali bölmaydi, deb yozadi Associated Press.
Agentlikning qayd etişiça, portugalzot itlar: Bo va Sanni nafaqat yeyiş hamda uxlaş bilan maşğul böladi. Ular, aytiş mumkinki, Oq uyning maşhur elçilaridir. Şu boisdan ham, ularga alohida kun tartibi ham tuzib çiqiladi.
AQŞ birinçi xonimi Mişel Obamaning sözlariga köra, u har oy Bo va Sannining bir oylik kun tartibiga oid xizmat bayonnomasini oladi. Jonivorlar esa röyxatga muvofiq, u yoki bu anjumanda iştirok etadi.
Masalan, uy hayvonlari Oq uydagi Pasxa bayrami mehmonlarini zeriktirişmagan. Rojdestvo bayramida ham qatnaşgan. Bundan taşqari, yarador harbiy xizmatçilar va şifoxonaga yotqizilgan bolalar bilan ham uçraşgan.
Bo va Sanni, Barak Obama 2008 yilgi prezidentlik saylovida ğalaba qozongaç, Obamalar oilasida paydo bölgandi. Obama ğalaba qozongudek bölsa, qizlariga it sotib olişni va'da qilgan edi.







