28 may kuni Samarqand şahrida Özbekiston matbuot va axborot agentligi va Samarqand viloyat hokimligi tomonidan, yaqin hamkorlikda taşkil etilgan «Samarqand kitob olami» majmuasining tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi. 

Mazkur majmua 871 kvadrat metr maydonni egallagan bölib, unda 22 yönalişdagi adabiyotlardan tarkib topgan savdo javonlari örnatilgan va ularga respublikamiz naşriyotlari tomonidan naşr etilgan 2000 nomda, 40 ming nusxadagi kitoblar joylaştirilgan. Kitob-savdo majmuasiga taşrif buyuruvçi kitobxon-xaridorga qulay şaroitlar yaratilgan. Ayniqsa, bolalar burçagi, «book-cafe» kabi qulayliklar borki, hatto oilaviy taşrif buyuruvçi, qolaversa barça yoşdagi kitobxonlar ehtiyoji hisobga olingan. 

Majmuaning oçiliş marosimini Samarqand viloyat hokimi Z. Mirzayev sözga çiqib oçib berdi. Söng Özbekiston matbuot va axborot agentligi boş direktori A. Yunusov majmuaning oldida turgan maqsad va vazifalari, sohani rivojlantiriş yölida amalga oşirilgan işlar haqida aytib ötdi. Tantanali marosimda şoir va yozuvçilar, yoş ijodkorlaru nuroniylar, umuman, kitobga iştiyoqmand barça ezgu qalb egalari iştirok etdi. Şe'rxonlik, yoş kitobxonlar viktorinasi, mumtoz kuy va qöşiqlar tadbirga özgaça şukuh berdi. Şundan söng yiğilganlar majmua va undagi bölimlar, yaratilgan şaroitlar bilan tanişdilar. 

«Soğlom ona va bola yili» Davlat dasturiga asosan xalq ma'naviyatini yuksaltiriş, hamda adabiyotga, ma'naviyatga, milliy qadriyatlarni asrab-avaylaş va uluğlaş, yoş avlodning ongu şuuriga milliy mustaqillik ğoyalarini singdiriş va vatanga yuksak sadoqat ruhida tarbiyalaşga hissa qöşiş, yoşlarni intellektual rivojlangan va ma'nan barkamol qilib voyaga yetkaziş, aholining, ayniqsa yoşlarning milliy adabiyotimizga va jahon adabiyoti durdonalariga bölgan qiziqişini qondiriş hamda oilaviy kitob öqiş an'analarini tarğib qiliş, yozuvçi va kitobxon örtasidagi muloqotni kuçaytiriş maqsadida mazkur majmua taşkil etildi. 

Buxoro va Xorazm viloyatlari markazlarida ham «Kitob olami» majmualari qurilişi işlari yakunlandi. Uşbu majmualarning foydalanişga topşirilişi yaqin kunlarda közda tutilgan. 

Sönggi oylarda Özbekistonda oçilayotgan «Kitob olami» ma'naviy-ma'rifiy savdo majmualariga respublika naşriyotlari tomonidan eng sara adabiy-badiiy, ilmiy, ilmiy-ommabop, ensiklopedik, ijtimoy-siyosiy hamda ma'rifiy yönalişdagi adabiyotlar yetkazib beriladi. 

Bundan oldin, 2015 yil 2 noyabrda Toşkent şahrida, 2016 yil 27 aprelda Nukus şahrida, 21 may kuni Namangan va Farğona şaharlarida hamda 22 may kuni Andijon şahrida «Kitob olami» majmualari oçilgani haqida xabarlar berilgan edi.