Portugaliyalik Kriştianu Ronaldu ("Real"), argentinalik Lionel Messi ("Barselona") va fransuz Antuan Grizmann ("Atletiko") YeÇLning 2015/16 yilgi mavsumi uçun ramziy terma jamoasi tarkibidan örin oldi. Bu haqda UYeFA rasmiy saytida xabar berilgan.
Ronaldu, Grizmann va Messidan taşqari, "yil jamoasi"dan darvozabonlar Yan Oblak ("Atletiko"), Manuel Noyyer ("Bavariya"); himoyaçilar Diyego Godin, Xuanfran (ikkisi - "Atletiko"), Tiago Silva ("Pari Sen-Jyermen"), Serxio Ramos, Marselo (ikkisi - "Real"); yarim himoyaçilar Gabi, Koke (ikkisi - "Atletiko"), Andres Inesta ("Barselona"), Toni Kroos, Luka Modriç (ikkisi - "Real"); hujumçilar Luis Suares ("Barselona"), Robert Levandovski ("Bavariya"), Garet Beyl ("Real") ham örin olgan.

2015/16 yilgi YeÇL çempioni finalda "Atletiko"ni penaltilar seriyasida 5:3 hisobida mağlub etgan "Real" jamoasi böldi. Öyindagi yakunlovçi zarba Kriştianu Ronaldu tomonidan yöllandi. Bu "Real"ning öz tarixida 11-marta YeÇL ğolibligiga erişişi böldi.







