Britaniyalik biologlar arilarning elektr maydonga sezgir ekanligini aniqlaşdi. Şu mavzuga bağişlangan tadqiqot Proceedings of the National Academy of Sciences jurnalida batafsil yoritilgan.
Elektroretseptsiya (elektr maydonga nisbatan sezuvçanlik) köplab umurtqali hayvonlarda kuzatiladi. Ularga baliqlar, amfibiyalar va sut emizuvçilarning ba'zi turlari kiradi. Hozirga qadar olimlar umurtqali jonzotlarda elektroepilyatsiyani kuzatişmagan edi, endi esa qovoğarilarda bu holat kuzatildi.
Olimlar qovoğarilarning quruq havodagi zaif elektr maydonlarni sezuvçanlikka sinovdan ötkazişdi. Ötkir uçli elektr zaryadli manbadan foydalanib, biologlar qovoğarining tuklari möylovlariga qaraganda maydonga nisbatan sezuvçanligi faolroq ekanligini aniqlaşdi. Xususan, qovoğari tuklari intensivroq harakatlanmoqda.
Elektr maydonga sezuvçanlik natijasida tuklarning harakatga kelişi haşorot neyron faolligining özgarişi bilan boğliq bölib çiqdi. Möylovlarda esa bunday holat kuzatilmadi. Olimlarning fikriça, bu mexanosensor tuklarning yengilligi va qattiqligi bilan izohlanadi.
Turli haşoratlarning tuklar tuzilişi hamda ularning asab tizimi bilan özaro boğliqligi öxşaş böladi. Bu boşqa şu kabi haşoratlar ham elektr maydonga nisbatan sezuvçan bölişi mumkin, degan gapdir.







