Computex 2016 körgazmasining rasmiy oçiliş marosimidan bir kun avval Asus kompaniyasi uçta planşet-transformerlarni taqdim etdi — Surface Pro 4 ga öxşaşib ketuvçi ilğor Transformer 3 Pro, Transformer 3 va miniatyurali Transformer Mini.

ASUS Transformer 3: Yangi qurilmada 12.6 dyuymli displey, WQHD+ (2880x1920 piksellar), Intel Core yettinçi avlod protsessori, 8 GB operativ xotira, 2133 MGts va 512 GBgaça SSD drayv, Wi-Fi (802.11ac) va Bluetooth 4.1 modullari, barmoq izi skaneri, 1.4 mm li tugma va fon yoruğligiga ega Transformer Sleeve Keyboard klaviatura paneli örnatilgan. Asosiy kamera ravşanligi  — 13 Mp, old kameraniki esa — 5 Mp. Metall korpusli planşet ölçamlari 303x202x6.9 mm, oğirligi — 695 grammni taşkil etadi. Windows 10 operatsion tizimi mavjud.

Asus Transformer 3 Pro: Metall korpus va stendga ega avvalgi model Asus Transformer 3 Pröga ham 2880x1920 pikselli 12.6 dyuymli ekran örnatildi. Uning Intel Core oltinçi avlod (Core i5-6200U yoki Core i7-6500U) protsessori,  16 GBgaça operativ xotirasi, PCIe 3x4 interfeysli 1 TB SSD drayv, 13 Mp asosiy kamera, 8 Mp frontal kamera, «yuzma-yuz» tizimiga kiriş uçun Windows Hello funksiyasi, barmoq izi skaneri, Wi-Fi (802.11ac) va Bluetooth 4.1, HDMI interfeysi hamda 1.4 mm tugma va yoritgiçli Cover Keyboard klaviatura-paneli mavjud. Planşet hajmi 298.8x210.1x8.35 mm bölib, oğirligi: 795 gr. Operatsion tizimi esa - Windows 10.

Ikki gadjyet Harmon Kardon sifatli dinamikasi va USB Type-C Thunderbolt 3 ulagiçiga ega. Natijada planşetlar bilan Oculus Rift yoki HTC Vive şlemlari yordamida 4K-geyming va virtual reallik olamiga şönğiş mumkin.  Şuningdek, planşetlarni boşqa ASUS aksessuarlari bilan ham işlatsa böladi: Pen stilusi, Universal Dock universal dok-stansiyasi va AudioPod akustikasi.

Asus Transformer Mini: Gibrid planşet Asus Transformer Mini korpusi magniy-alyuminiy qotişmasidan tayyorlangan. Uning oğirligi klaviatura bilan 790 gramm, klaviaturasiz 530 grammni taşkil etadi. Qurilma qalinligi - 8.2 mm. Bu yangi gadjyet qulaylikni huş köruvçilarga töğri keladi. Planşetda 10.1 dyuymli displey, barmoq izi skaneri va qurilmani 170 daraja burçak ostida qöyişga imkon beruvçi tirgak, USB-port hamda  Wi-Fi 802.11ac mavjud. Smartfon orqali yuboriluvçi matnli xabarlarni sinxronlaştiriş uçun  Hello va ZenSync funksiyasi bor. Avtonom iş vaqti - 11 soat. 


Mazkur planşetlarning sotuvga çiqariliş sanasi ma'lum qilinmagan. Narxlari: Asus Transformer 3 – 799 dollar (boşlanğiç narx), Asus Transformer 3 Pro (avvalgi hususiyatli) – 999 dollar, Asus Transformer Mini asosiy versiyasi – 349 dollar.