30 mayda Xitoyning Şansi viloyatida joylaşgan Tayyuan kosmodromidan "Çançjen-4B" raketa taşuvçisi fazoga muvaffaqiyatli uçirildi. Raketa yordamida belgilangan orbitaga uçta – Xitoyning "Tszyyuan-3-02" va Urugvayning ikkita mikro sun'iy yöldoşlari çiqarildi.

Kosmodrom matbuot xizmatining ta'kidlaşiça, bu parvoz "Çançjen" seriyasidagi raketa-taşuvçilarning 228-sonli parvozi böldi.

"Tszyyuan-3-02" yöldoşi kartografik fuqarolik qurilmasi bölib, yuqori sifatli suratga oliş va uç ölçamli tasvirlarni yaratişga möljallangan. Yöldoşning asosiy maqsadi Xitoy yer zaxiralarini tadqiq va monitoring qiliş, tabiiy ofatlardan ogohlantiriş va ulardan köriladigan ziyonni minimallaştirişda yordam berişdan iborat. Sun'iy yöldoş şahar rejalaştirişi, qurilişda yordam beradi, qişloq, örmon xöjaliklarining turli sohalarida foydali böladi. 

Urugvay yöldoşlari nima bilan şuğullanişi ma'lum qilinmagan.