Gulçehra Eşonqulova turmuş örtoğini özlarining muhim kuni sanasi bilan tabrikladi

Ötgan hafta davomida qaynonasini tavallud kuni bilan tabriklagan Gulçehra Eşonqulova bu gal hayotidagi muhim sana-turmuş qurganliklariga bir yil tölişi munosabati bilan turmuş örtoği Şarof Şarapovni tabrikladi va unga öz minnatdorçiligini bildirdi.

Kuni keça aktrisa Gulçehra Eşonqulova instagramdagi sahifasida turmuş örtoği bilan birgalikdagi suratini joylaştirib, ostiga quyidagi izohlarni rus tilida yozib qoldirdi:

 “Seni uşbu ahamiyatli kunimiz bilan qutlayman. Men bilan quvonç-şodlik, ğam va taşviş, tösiqlarni yengib ötişda birga bölganing, qöllab-quvvatlaganing uçun rahmat. Sening  sevging,  e'tiboring har doim menga kerakligimni his etib turişimga yordam bergan, bu esa muhim! Umid qilamanki, sen ham xuddi men kabi uşbu yuraklarni ilitguvçi hislarni tuymoqdasan. Seni bizning muhim kunimiz bilan tabriklayman!”.

Alişer Uzoqov mehr istagan bolakayning ota-onasini “befarosat” deya ta'rifladi

Bir oz avval tadbirlarning birida qöriqçilari haqida söz yuritgan aktyor Alişer Uzoqov instagramdagi sahifasida kiçik bir videolavha joylaştirdi. Uşbu  videolavhada voyaga yetmagan bolakaylardan biri “Mehr” haqida şe'r öqiydi.

Uşbu şe'rdan ta'sirlangan aktyor videolavha ostida şunday izoh qoldirdi:

Bu bola ota-onasining befarosatligi tufayli mana şu  maktabda tarbiyalanyapti. Boladan “sen nimani istaysan” deb söraşsa bola  “mehr”  deb javob berdi, deydi aktyor öz izohida.

Yana bir suratda esa tomdan tomayayotgan  «çakka» uçun çelak va idişlar qöyilgan manzara ifodalangan. Ammo aktyor uşbu surat qaysi hududda olinganligini ma'lum qilmagan.

Ijtimoiy tarmoqda Şohruhxonning qiyofadoşi paydo böldi

Qiyofadoşi Şohruhxonni 29 may - tavallud kuni bilan tarikladi.