Rossiya federatsiyasi boş vaziri Dmitriy Medvedev Moskva şahri atrofidagi Ramensk tumani hududida «Jukovskiy» nomli xalqaro aeroportning oçiliş marosimida iştirok etdi.

Bu Rossiya poytaxti hududidagi törtinçi xalqaro aeroport böldi. «Interfaks» axborot agentligi xabariga köra, bu aeroportdan Qozoğistonning Scat va Qirğizistonning Air Kyrgyzstan aviakompaniyalari foydalanişi böyiça kelişuv imzolangan.
Xabar qilinişiça, aeroport Rossiyaning «Skay Geyts Eyrlayns» va «Aviastar-TU» aviakompaniyalariga ham xizmat körsatadi. Bu aviakomapaniyalar samolyotlari yuk taşiş reyslarini amalga oşiradi.

«Jukovskiy» aeroporti 2014 yilda xalqaro standart böyiça kengaytirilişi boşlangandi. Uning yölovçilar uçun terminali 17 km kv hududni egallagan. Keyingi 5 yil davomida aeroport 10 mlrd rubl miqdorida investitsiyani özlaştirişi rejalaştirilgan.
«Jukovskiy» aeroportiga qadar temir yöl 2018 yilga qadar qurib bitkaziş rejalaştirilgan. Unga qadar yölovçilarni maxsus şattl-avtobuslar taşiydi. Avtobuslar Moskvaning «Kotelniki» metro bekatidan qatnaydi.
Rossiya Transport Qömitasi eksperti Roman Gusarovning fikriga köra, aeroport va unga kerakli infratuzilmalar qurilişi juda ildamlik bilan olib boriladi, çunki yangi aeroportda yölovçilar oqimi juda katta bölişi kutilmoqda.
Ekspertning fikriga köra, Moskvaning boşqa öta gavjum aeroportlariga qaraganda, «Jukovskiy» avikompaniyalarga juda qulay joylaşiş şaroitlari va xizmat körsatişga arzon narxlar taklif qilişi mumkin.
Hozirça yangi aeroport yölovçilar orasida ommaviyligi böyiça Domodedovo va Şeremetevo aeroportlari bilan bellaşa olmaydi, çunki aeroportga boriş ançagina noqulay. Aeroport şahar çegarasidan 28 km masofada joylaşgan bölsada, unga olib boruvçi avtomobil yöllari doimo tirband, «Aeroekspress» tezyurar poyezdi esa 2018 yilda işga tuşadi.
«Jukovskiy» – oldingi eksperimental va körgazmalar ötkaziladigan aerodrom edi. Xalqaro MAKS aviakörgazmasi ham aynan şu yerda ötkaziladi. Aeroport egasi — «Ramport Aero» kompaniyasi. Yölovçi terminalining maydoni 17,6 gektarni taşkil qiladi. Aeroport qurilişining birinçi bosqiçiga kiritilgan investitsiyalar hajmi 1,8 milliard rublni taşkil qildi.







