Ravon avtomobil brendi byudjyet xetçbeklarini Rossiyadagi xaridorlariga yetkazib berişda muammolarga duç kelayotgani xususida xabar qilmoqda. Bu safar R2 modellarini olib ketayotgan avtovozlar bojxona hujjatlarini rasmiylaştirişning uzoq vaqtga çözilişi tufayli, Rossiya çegarasida turib qolmoqda, deb xabar qilyapti Rossiya OAV.
Qayd etilişiça, şu paytgaça, bitta ham Ravon R2 maşinasi buyurtma böyiça Rossiyadagi avtosalonlarga yetkazilmagan.
May oyi örtalarida, Ravon kompaniyasi rasmiy vakili, Rossiyaga avtomobillarni yetkazib berişda muammolar paydo bölgani haqida xabar qilgan edi. Bular temir yöl transporti tariflarining kötarilişi hamda barça olib kirilayotgan maşinalarning töliq sotib olinmagani bois, bojxona rasmiylaştirişida vujudga kelgan tösiqlar.
Ravon R2ning RF hududidagi rasmiy savdosi 10 aprelda boşlangan. Ammo, ötgan muddat mobaynida, xetçbek uçun 100 foiz tölovni amalga oşirgan mijozlar ham maşinalarini olganiça yöq.







