WhatsApp va Facebook messenjerlari dunyoning 109 mamlakatida Android bazasidagi eng ommabop mobil dasturlarga aylandi. Bu haqda Mobinfo.uz xabarida keltirilgan.
Bu borada uçinçi örinni Telegram egalladi. Bunday ma'lumotlar dunyoning 187 mamlakatini qamrab olgan SimilarWeb tahlil kompaniyasi hisobotida keltiriladi.
Unga köra, WhatsApp 109ta davlatda, jumladan, Braziliya, Meksika, Hindiston, Rossiya hamda Şimoliy Amerika, Yevropa, Osiyo va Okeaniyaning köplab mamlakatlarida yetakçilik qilmoqda.
Öz navbatida, Facebook Messenger 49ta mamlakatda yetakçilik qildi. Ular orasida Avstraliya, Kanada va AQŞ bor.
Bepul Viber messenjeri Belarus, Moldova, Ukraina, Iroq, Liviya, Şri-Lanka kabi önta mamlakatda eng ommabop bölib çiqdi.
Line, Weshat va Telegram messenjerlari tegişli ravişda Yaponiya, Xitoy va Eronda eng ommabop hisoblanadi.
Janubiy Koreyada CacaoTalk messenjeri, Kubada Imo, Vetnamda Zalo, Indoneziyada BBM messenjerlari yetakçilik qildi.
Hisobotga köra, Telegram dasturi Özbekistonda eng ommabop mobil messenjer hisoblanadi. Dastur yana 14ta mamlakatda ham yetakçidir.







