Yevropa kengaşi rahbari Donald Tusk, YeI fuqarolarini qamrab olgan "yevro-skeptitsizm yoki yevro-pessimizm" kayfiyatlari borasida öz xavotirlarini izhor qildi. 

"Yevropa böylab, parçalaniş ruhi kezib yuribdi va federatsiya ğoyasi bunga munosib eng yaxşi javob emas", —degan Tusk Yevropa xalq partiyasi yetakçi siyosatçilarining Lyuksemburg uçraşuvida.

Tuskning sözlariga köra, siyosatçilar "töliq va birdaniga amalga oşadigan integratsiya ğoyalari bilan çalğib, Yevropaning oddiy fuqarolari yevro-entuziazmni unçalik ham xuş körmasligini tuşunişmagan".

Şu munosabat bilan, Yevropa kengaşi raisi "uşbu masala böyiça oçiq va adolatli munozaralarni boşlaş"ni taklif etgan.