Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida içki işlar organlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirlar natijasida Arnasoy tumanida yaşovçi, 46 yoşli ayol bir kilogramm 105 gramm «marixuana» giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtida uşlangan. U xolislar iştirokida tekşirilganida çöntagidan 105 gramm «marixuana» giyohvandlik moddasi topilgan. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati ma'lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegişli moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.







