Dubay politsiyasi robotlarni takomillaştiriş va sun'iy idrokdan foydalanişni ayrim sohalarda tarğib etiş ustida iş olib bormoqda. “Robotlar ma'lum vaziyatlarda politsiyaçilarning örnini bosişi mumkin. Biz maxsus loyiha işlab çiqmoqdamiz va u 2020 yilgaça tayyor böladi”, - dedi Dubay politsiyasi Idrok bölimi boş direktori Xolid Razuqiy.

“Loyiha ikki bosqiçdan iborat. Birinçi bosqiçda odamlar bilan boğliq ba'zi majburiyatlarni bajarişi möljallangan robotlarning asosi yaratiladi, ikkinçisida takomillaşgan sun'iy idrok kiritiladi. Hozir biz loyihani yakunlaş arafasidamiz”, - bölişdi direktor.
Razuqiyga köra, ayni paytda robotlarni işlab çiqariş böyiça kompaniyalar bilan şartnoma imzolanmoqda. Politsiyaçi-robotlar 2020 yil maxsus körgazmada namoyiş etiladi.






