Softbank Group Corp Yaponiya telekommunikatsion kompaniyasi Alibaba Group Holding Ltd Xitoy internet-kompaniyasidagi 4 foiz aksiyalarini 2 milliard dollarga sotiş va şu orqali kompaniyadagi uluşini 28 foizgaça kamaytiriş niyatida. Bu haqda Alibaba ma'lumotiga tayanib RIA Novosti xabar qildi. 

Aktsiyalarni Alibaba Group boş kompaniyasi sotib oladi. Softbank kompaniyasi bitimni pul vositalari yordamida moliyalaştirmoqçi. Uşbu savdoga qöşimça sifatida Alibaba Partnership bölinmasi SoftBank bilan boş kompaniyadan 400 million dollar miqdorida qöşimça aksiyalar sotiş töğrisida şartnoma imzolaydi. 

Softbank kompaniyasi 2000 yilda Alibaba xitoy kompaniyasini moliyalaştira boşlab, kompaniyaning eng yirik aksioneriga aylangan. Uşbu bitim yapon firmasi uçun pul mablağlarini yiğib oliş hamda qarzini kamaytiriş uçun zarur. Mazkur şartnoma SoftBank kompaniyasining Alibaba aksiyalarini sotiş böyiça birinçi savdosi. 

Elektron kommersiyaga ixtisoslaşgan Alibaba kompaniyasini 1999 yili Jyek Ma taşkil etgan. Uşbu tizim orqali eBay, Amazon va PayPal alohida funksiyalarini mujassamlaştirgan xizmatdan foydalaniş mumkin.