«Roma»ning bosniyalik yarim himoyaçisi Miralem Pyaniç Yevropaning navbatdagi top-klubi qiziqiş doirasiga tuşdi.

Ispaniyadagi El Mundo Deportivo naşri tarqatgan xabarga köra, «Bavariya» va «Yuventus» kabi 26 yoşli bu futbolçini «Barselona» ham qölga kiritişni istamoqda.

Pyaniçning «Roma» bilan amaldagi şartnomasi 2018 yilda yakuniga yetadi. Uning şartnomasida tovon puli miqdori 38 million yevroni taşkil etadi.

Avvalroq «Roma» Pyaniçni moliyaviy feyr-pley muammolari tufayli sotişi mumkinligi haqida xabar tarqatilgandi.